Көру саны:158
O‘zbek yo‘nalishi – Qozog‘iston Respublikasining tashqi siyosatidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri
Ikki tomonlama hamkorlikning asosiy xalqaro-huquqiy hujjatlari quyidagilardir: O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma (1998 yil 31 oktyabr), Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma (2013 yil 14 iyun), Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma (2022 yil 22 dekabr), Davlat chegarasini delimitatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma (2022 yil 22 dekabr).
Davlat rahbarlari o‘rtasidagi muntazam muloqot Qozog‘iston-O‘zbekiston munosabatlarining izchil rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.
2017 yil 22-23 mart – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Qozog‘istonga birinchi davlat tashrifi.
2019 yil 14-15 aprel – Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti K. Toqayevning O‘zbekistonga davlat tashrifi. Tashrif doirasida O‘zbekistonda Qozog‘iston yili rasmiy ochildi.
2021 yil 5-6 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifi.
2022 yil 21-22 dekabr – Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti K. Toqayevning O‘zbekistonga davlat tashrifi.
2024 yil 7-8 avgust – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifi. Tashrif davomida Qozog‘iston va O‘zbekiston Oliy Davlatlararo Kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bundan tashqari, davlat rahbarlari muntazam ravishda ko‘p tomonlama formatlarda (MDH, TDT, OTB, SHHT va boshqalar) uchrashuvlar o‘tkazadilar, ishchi uchrashuvlar ham tashkil etiladi.
2016 yil oxiridan boshlab hukumat delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari ko‘paydi, Hukumatlararo komissiya doirasida hamkorlik faollashdi.
2021 yil 10 aprel – Qozog‘iston va O‘zbekiston Bosh vazirlari Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Xalqaro Markaz qurilishi uchun kapsulani joylashtirish marosimini o‘tkazdilar.
2021 yil 2 iyun – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripovning Ostona shahriga ishchi tashrifi.
2022 yil 11 fevral, 2023 yil 8-9 noyabr – Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri A. Smailovning Toshkent shahriga ishchi tashrifi.
2024 yil 14-15 mart – Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri O. Bektenovning Toshkent shahriga ishchi tashrifi.
Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya doimiy ravishda ishlaydi.
2024 yil 11-12 iyul – Komissiyaning 21-yig‘ilishi Olmaota shahrida bo‘lib o‘tdi.
Hukumat rahbarlari o‘rinbosarlari darajasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha maxsus vakillar tayinlangan: Qozog‘istondan – Bosh vazir o‘rinbosari S. Jumanğarin, O‘zbekistondan – Bosh vazir o‘rinbosari D. Xo‘jayev.
Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida ishonchli sheriklik
Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida ham ishonchli sheriklik munosabatlari shakllangan. So‘nggi uch yil ichida tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari bir qator o‘zaro tashriflar amalga oshirdilar:
- da Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri M. Tleuberdi O‘zbekiston Respublikasiga to‘rt ishchi tashrif bilan bordi va quyidagi tadbirlarda ishtirok etdi: BMT Global terrorizmga qarshi kurash strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya. SHHT, TDT tashqi ishlar vazirlari kengashlari hamda "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" vazirlar yig‘ilishi.
- yil 16-17 avgust – Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri M.A. Nurtleu O‘zbekistonga birinchi rasmiy tashrif bilan bordi. U O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri B.O. Saidov bilan muzokaralar olib bordi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev bilan uchrashdi.
- yil 18-19 fevral – O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri B. Saidov Ostona shahriga rasmiy javob tashrifi bilan bordi. Tashrif doirasida: Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari uchrashuv bayonnomasi qabul qilindi. Qozog‘iston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari kengashi to‘g‘risidagi Oliy davlatlararo kengash qarori loyihasi tasdiqlandi.
2024 yil 15 aprel – Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari A. Bakaev Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan 2-Markaziy Osiyo - Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi.
2024 yil 26 noyabr – Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari A. Rahmetullin Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari 14-yig‘ilishida ishtirok etdi.
Qonun chiqaruvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlik
- larda: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan bordi. Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi Raisi N. Nigmatulin O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
- 2023 yil 25-26 oktabr – Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi Raisi E. Koshanov O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi va Parlamentlararo hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
- 2024 yil 11-12 sentabr – Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi M. Ashimbaev Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan Ikkinchi Markaziy Osiyo parlamentlararo forumida ishtirok etdi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T. Narbayeva bilan uchrashdi.
11 сентябр 2023
12 март 2025