Elchi Beybut Atamkulov O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bobur Usmanov bilan uchrashdi

Elchi Beybut Atamkulov O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bobur Usmanov bilan uchrashdi

2026-yil 18-mart kuni Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamkulov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayevning O‘zbekiston Respublikasiga bo‘lajak rasmiy tashrifi, Ostona shahrida o‘tkaziladigan Mintaqaviy ekologik sammitga tayyorgarlik masalalari, shuningdek, qozog‘iston-o‘zbek hamkorligining dolzarb yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Tomonlar ekologiya va iqlim o‘zgarishi masalalarini hal etishda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda Mintaqaviy ekologik sammitning muhim ahamiyatini ta’kidlab, uning yagona mintaqaviy kun tartibini shakllantirish va aniq loyihalarni amalga oshirishdagi o‘rnini qayd etdilar.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Q.Toqayevning BMT shafeligida Xalqaro suv tashkilotini tashkil etish tashabbusiga alohida e’tibor qaratildi.

Elchi B. Atamkulov o‘zbek tomoniga mazkur tashkilotning suv resurslari sohasida davlatlararo muvofiqlashtirishni kuchaytirishga qaratilgan afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ittifoqchilik va strategik sheriklik ruhida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga o‘zaro tayyor ekanliklarini bildirdilar.